Shnk.uz

+998712101005

crc@shnk.uz

Combined Shape1

Toshkent shahri Abay ko'chasi 6-uy. Qurilish vazirligi

Shnk 3.01.02-20

Qurilishda xavfsizlik texnikasi

Shnk 3.01.02-20 “Qurilishda xavfsizlik texnikasi” ning asosiy maqsadi qurilish sohasida ishchilar uchun zamonaviy mehnat xavfsizligi talablarini ta’minlash. Bino
va inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlashda qurilish-montaj ishlari jarayonida ishchilar bilan ishlayotgan mehnat xavfsizligi bo‘yicha mutaxassislarning ish sifatini oshirishdan iborat.

Ushbu shaharsozlik normalari va qoidalari, xavfsizlik va ish sharoitlari doirasidagi Xalqaro Mehnat Tashkiloti konvensiyasining nizomini inobatga oladi. Bundan tashqari, Qurilishda xavfsizlik texnikasi meyorlarni yaratishda Buyuk Britaniyaning “Health and Safety Executive” tashkilotining “ Safety sing and Signals” xalqaro standarti uyg‘unlashtirilib ShNQ 3.01.02-20 “Qurilishda xavfsizlik texnikasi” O-ilovasi yaratildi.

ShNQ 3.01.02-20 “Qurilishda xavfsizlik texnikasi” ning yangi talablarini yaratishda, rivojlangan mamlakatlarning IBS-2018 AQSh va BS 5378, BS 5499, BS 6736,
BS 7121 Buyuk Britaniyaning qurilishda xavsizlik texnikasiga oid me’yor va qoidalaridan foydalanildi va ShNQ 3.01.02-20 ning tegishli bo‘lim va bandlariga uyg‘unlashtirilgan.

Qurilish maydonini, ish joylarini va ish uchastkalarini tashkil etish uchun sharoitlarini yaxshilash, qurilish sanoatida transport vositalari va qurilish mashinalarini ishlatish paytida ish sharoitlarini yaxshilash, ishchilar elektr payvandlash, gazli olov, izolyatsiya, elektr va montaj ishlarini, yuk ko‘tarish va tushirish, tuproq, tosh, beton va temirbeton ishlarini bajarishda, burg‘ulash va yer osti ishlari paytida ishchilar xavfsizligini ta’minlaydigan yagona me’yoriy talablarni belgilaydi.

K-ilovada keltirilgan me’yoriy hujjatlar jamlanmasi bilan birgalikda qo‘llaniladigan ushbu shaharsozlik normalari va qoidalari, qurilishda foydalanish uchun majburiy bo‘lgan o‘zaro bog‘liq hujjatlar majmuasini tashkil etadi.

Описание